«energiya ta’minoti» tegli maqolalar


Prezident kuz-qish mavsumida aholini energiya bilan barqaror ta’minlashni buyurdi
15 noyabr 2024, 20:35

Prezident kuz-qish mavsumida aholini energiya bilan barqaror ta’minlashni buyurdi

Kuz-qish mavsumida iste’molchilarga 21 mlrd kub metr gaz yetkazib berish rejalashtirilgan, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Havo keskin sovigandagi rejalar va ijtimoiy muassasalarni energiya bilan uzluksiz ta’minlash choralari ishlab chiqilgan. Hududlarda gazni tejash imkoniyatlari amalga oshiriladi.

Energiyaga noqonuniy ulanishlarning oldini olish bilan emas, ularning oqibatiga qarshi kurashyapmiz — prezident
1 iyul 2024, 22:49

Energiyaga noqonuniy ulanishlarning oldini olish bilan emas, ularning oqibatiga qarshi kurashyapmiz — prezident

Prezident energiya samaradorligini oshirishga doir yig‘ilishda enegriya iste’molida o‘g‘irliklar ko‘payganini ta’kidladi. U buni noqonuniy ulanishlarning oldini olish bilan emas, oqibatiga qarshi kurashilayotgani bilan izohladi. Energiya sarfini qat’iy nazorat qilish, mas’ullar javobgarligini oshirish zarur, dedi u.

IFC Toshkentda elektr energiyasini taqsimlash tizimini modernizatsiya qilishga yordamlashadi
19 may 2023, 21:51

IFC Toshkentda elektr energiyasini taqsimlash tizimini modernizatsiya qilishga yordamlashadi

Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekistonga Toshkentning energiya taqsimlash tizimini modernizatsiya qiluvchi investorni aniqlash bo‘yicha xalqaro tender o‘tkazishda yordamlashadi.

2023 yilda Buxoroda elektr taqchilligi hajmi 150 mln kVt soat bo‘lishi kutilmoqda
18 fevral 2023, 10:41

2023 yilda Buxoroda elektr taqchilligi hajmi 150 mln kVt soat bo‘lishi kutilmoqda

Buxoroda 2023-yilda yillik elektr iste’moli 4,3 mlrd kVt soatni tashkil etib, taqchillik 150 mln kVt soat bo‘lishi kutilmoqda. Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda bularni qoplash uchun 740 ta korxonada 22 MVtli, ijtimoiy obyekt va ko‘p qavatli uylar ustida 11 MVtli quyosh panellari o‘rnatish mumkinligi aytildi.

31 mingta ko‘p qavatli uyning fasad qismi bazalt qoplamaga o‘tkaziladi
23 yanvar 2023, 23:17

31 mingta ko‘p qavatli uyning fasad qismi bazalt qoplamaga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 1991 yilgacha qurilgan 31 mingta ko‘p qavatli uyning fasad qismi bazalt qoplamaga o‘tkazilib, muqobil energiya manbalari hisobiga issiq suv va elektr bilan ta’minlanadi. Yangi quriladigan uylarga energiya samaradorligi yuqori qurilish materiallari va jihozlaridan foydalanish majburiy bo‘ladi.

O‘zbekistondagi uy-joy va binolarda energiya tejash bo‘yicha katta muammolar mavjud — ekspertlar
12 noyabr 2021, 12:53

O‘zbekistondagi uy-joy va binolarda energiya tejash bo‘yicha katta muammolar mavjud — ekspertlar

O‘zbekistonda jami elektr energiyasining qariyb 60 foizi jamoat binolari iste’moliga to‘g‘ri kelmoqda. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirovning fikricha, «uy-joy va binolarni ekspluatatsiya qilishda energiya tejash bo‘yicha katta muammolar mavjud». Jahon bankining O‘zbekistondagi vakili Marko Mantovanelli esa yuqori energiya sarfi gazni atrof muhitga tashlash va iqlim o‘zgarishlariga sabab bo‘lishini ta’kidladi. O‘zbekiston muammoni bartaraf etish uchun Milliy dastur ishlab chiqmoqchi.

Deputatlar iqtisodchining energetika sohasida islohotlar qachon boshlanishi haqidagi savolini tanqid qildi
10 iyun 2021, 13:28

Deputatlar iqtisodchining energetika sohasida islohotlar qachon boshlanishi haqidagi savolini tanqid qildi

Qonunchilik palatasining ikki nafar deputati iqtisodchi Yuliy Yusupovning O‘zbekiston energetika sohasini isloh qilish qachon boshlanishi so‘rab, e’lon qilgan postini tanqid ostiga oldi. Xalq vakillarining ta’kidlashicha, mamlakat energetika sohasida allaqachon, salmoqli ishlar bajarilgan, hozirgi uzilishlar esa — «yillar davomida to‘planib qolgan muammolarning oqibati».


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting